Taxtadagi kvadratlar

Masala #465 · murakkablik 10% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Shaxmat to'garagida n×n katakli taxta bor. Rahbar o'quvchilardan so'radi: taxtada katak chiziqlari bo'ylab nechta kvadrat chizish mumkin? Kvadrat 1×1, 2×2, …, n×n o'lchamli bo'lishi mumkin; joyi farq qiladigan kvadratlar har xil hisoblanadi. Masalan, 2×2 taxtada to'rtta 1×1 va bitta 2×2 kvadrat bor - jami 5 ta.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n butun soni (1 ≤ n ≤ 106).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - kvadratlar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.