Bekatlar orasidagi masofalar

Masala #471 · murakkablik 32% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

To'g'ri yo'l bo'ylab n ta avtobus bekati joylashgan, i-bekat yo'l boshidan xi metrda. Bekatlar yo'l boshidan uzoqlashish tartibida berilgan. Transport bo'limi har ikki bekat orasidagi masofani hisoblab, ularning yig'indisini bilmoqchi: i < j bo'lgan barcha juftliklar uchun xj − xi yig'indisi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2·105), ikkinchi qatorda x1 < x2 < … < xn (0 ≤ xi ≤ 106).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - barcha juftliklar masofalari yig'indisi.

Izoh

1-namuna izohi. Bekatlar 1, 3 va 6 metrda. Juftliklar: (1, 3) - 2 m, (1, 6) - 5 m, (3, 6) - 3 m. Yig'indi 2 + 5 + 3 = 10.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.