Medallar

Masala #489 · murakkablik 22% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Shahar olimpiadasida n ta o'quvchi qatnashdi, i-o'quvchi ai ball to'pladi. Tashkilotchilar natijalarni kamayish tartibida yozib, ro'yxatning dastlabki k ta o'quvchisiga medal berishdi. Adolat uchun balli k-o'rindagi o'quvchi balliga teng bo'lgan har bir o'quvchi ham medal oladi. Lekin 0 ball to'plagan o'quvchi hech qachon medal olmaydi.

Nechta o'quvchi medal oladi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va k (1 ≤ k ≤ n ≤ 2·105), ikkinchi qatorda n ta son ai (0 ≤ ai ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - medal olgan o'quvchilar soni.

Izoh

Namunalar izohi. 1-namunada kamayish tartibi 80 80 80 50 30 10, k = 2: 2-o'rindagi ball 80, uni uchta o'quvchi olgan - hammasi medal oladi, javob 3. 2-namunada 3-o'rindagi ball 0, lekin 0 ballilar medal olmaydi - faqat 90 ballik o'quvchi, javob 1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.