Reyting o'rinlari
Masala #491 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Tumandagi olimpiadada n ta o'quvchi qatnashdi, i-o'quvchi ai ball to'pladi. O'quvchining o'rni - undan qat'iy ko'p ball to'plaganlar soniga 1 qo'shilgani. Demak ballari teng o'quvchilar bir xil o'rinni bo'lishadi, keyingi o'quvchi esa ularning sonicha o'rinni o'tkazib yuboradi.
Har o'quvchining o'rnini ro'yxatdagi tartibda chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2·105), ikkinchi qatorda n ta son ai (0 ≤ ai ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n ta son: 1-, 2-, …, n-o'quvchining o'rni.
Izoh
1-namuna izohi. Ballar 80, 95, 80, 60, 95. 95 ballik ikki o'quvchidan ko'p olgan hech kim yo'q - ikkalasi 1-o'rin. 80 ballik ikki o'quvchidan 2 kishi ko'p olgan - ular 3-o'rin (2-o'rin hech kimga tegmaydi). 60 balldan 4 kishi ko'p - 5-o'rin. Ro'yxat tartibida: 3 1 3 5 1.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.