Jonli o'rtacha

Masala #483 · murakkablik 24% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bu interaktiv masala: dasturingiz hakam bilan savol-javob qiladi. Har chiqargan qatordan keyin chiqishni tozalang (endl yoki cout.flush()) - aks holda hakam qatoringizni ko'rmaydi va dastur kutib qoladi.

Musobaqada hakamlar ballarini birin-ketin e'lon qiladi. Har yangi ball e'lon qilingach, tablo shu paytgacha e'lon qilingan t ta ballning o'rtasini ko'rsatishi kerak: ballar o'sish tartibida terilsa, ⌈t/2⌉-o'rindagi ball (t toq bo'lsa - aynan o'rtadagisi, juft bo'lsa - o'rtadagi ikkitadan kichigi). Keyingi ballni oldindan bilib bo'lmaydi.

Muloqot. Avval interaktor bitta qatorda n ni yuboradi. Keyin n marta: interaktor bitta qatorda navbatdagi ball x ni yuboradi, dasturingiz bitta qatorda tablodagi sonni chiqaradi. Interaktor keyingi ballni faqat javobingizni o'qigandan keyin yuboradi. n-javobdan keyin dastur tugaydi. Birorta javob noto'g'ri bo'lsa - noto'g'ri javob.

Muloqot namunasi:

InteraktorDasturIzoh
5
55{5}
11{1, 5}
44{1, 4, 5}
22{1, 2, 4, 5}
33{1, 2, 3, 4, 5}

Kiruvchi ma'lumotlar

Boshida n (1 ≤ n ≤ 1000). Keyin n marta bittadan ball x (1 ≤ x ≤ 109), ballar takrorlanishi mumkin.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har balldan keyin bitta qator - tablodagi son.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.