Raqamlar yig'indisi bo'yicha
Masala #474 · murakkablik 20% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Kutubxonachi kitoblarning inventar raqamlarini o'ziga xos tartibda terib chiqmoqchi: raqamlari yig'indisi kichik bo'lgan son oldin turadi; raqamlar yig'indisi teng bo'lsa, kichik son oldin turadi. Masalan, 100 (yig'indi 1) 5 dan (yig'indi 5) oldin, 23 esa 41 dan oldin (ikkalasida yig'indi 5, lekin 23 < 41).
Sonlarni shu tartibda chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2·105), ikkinchi qatorda n ta son ai (1 ≤ ai ≤ 109). Sonlar takrorlanishi mumkin.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n ta son - talab qilingan tartibda, bo'sh joy bilan ajratilgan.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.