Kitob sahifalari

Masala #468 · murakkablik 20% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bosmaxonada n sahifali kitob chop etilmoqda. Sahifalar 1 dan n gacha raqamlangan va har sahifaga o'z raqami bosiladi. Masalan, 12 sahifali kitobda jami 15 ta raqam belgisi bosiladi: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 1 0 1 1 1 2.

Barcha sahifa raqamlari uchun jami nechta raqam belgisi kerak?

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n butun soni (1 ≤ n ≤ 1015).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - raqam belgilari soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.