Sovg'alar
Masala #487 · murakkablik 15% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Malika ukasining tug'ilgan kuniga sovg'a olmoqchi. Do'konda n xil o'yinchoq bor, i-sining narxi ai so'm; har xil o'yinchoqdan ko'pi bilan bittadan olinadi. Malikada B so'm bor va u iloji boricha ko'p o'yinchoq olmoqchi.
U ko'pi bilan nechta o'yinchoq olishi mumkin?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va B (1 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ B ≤ 1018), ikkinchi qatorda n ta son ai (1 ≤ ai ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - o'yinchoqlar soni.
Izoh
1-namuna izohi. 20 so'mga narxi 3, 5 va 6 bo'lgan o'yinchoqlarni olish mumkin (jami 14). To'rtta o'yinchoq olib bo'lmaydi: qaysi to'rttasini tanlamang, jami narx 20 dan oshadi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.