Marka kolleksiyasi

Masala #479 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bobur markalar yig'adi. Uning albomida n ta marka bor, i-markaning katalog raqami ai. Ba'zi markalar albomda bir necha nusxada bor (raqamlari bir xil).

Albomda nechta har xil marka bor?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2·105), ikkinchi qatorda n ta son ai (1 ≤ ai ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - har xil markalar soni.

Izoh

1-namuna izohi. Raqamlar 5, 3, 5, 10, 3, 5. Har xillari - 3, 5 va 10: javob 3.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.