Eng yaqin narxlar

Masala #486 · murakkablik 38% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bozorda n ta sotuvchi bir xil mahsulotni sotmoqda, i-sotuvchida narx ai so'm. Iqtisodchi narxlari eng yaqin bo'lgan sotuvchilarni o'rganmoqchi.

Ikki xil sotuvchi narxlari orasidagi eng kichik farq d = min |ai − aj| (i ≠ j) ni va farqi aynan d ga teng bo'lgan sotuvchi juftliklari sonini toping. Juftlik tartibsiz: (i, j) va (j, i) bitta juftlik.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (2 ≤ n ≤ 2·105), ikkinchi qatorda n ta butun son ai (|ai| ≤ 109; narx manfiy ham bo'lishi mumkin - bu chegirma kuponi). Narxlar takrorlanishi mumkin.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikki son: d va juftliklar soni.

Izoh

Namunalar izohi. 1-namunada eng yaqin narxlar farqi 2: (8, 10) va (10, 12) - ikki juftlik. 2-namunada uchta sotuvchining narxi 5 - farq 0, ulardan 3 ta juftlik tuziladi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.