Ketma-ket sonlar

Masala #493 · murakkablik 32% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kutubxonachi n ta kitobning raqamlarini ro'yxatga yozdi; raqamlar tartibsiz va bir xil raqam bir necha marta yozilgan bo'lishi mumkin. U shunday eng uzun zanjirni qidiradi: x, x + 1, x + 2, … raqamlarining har biri ro'yxatda kamida bir marta uchrasin. Takrorlar hisobga olinmaydi, zanjirdagi raqamlar ro'yxatning istalgan joyida turishi mumkin.

Eng uzun zanjir uzunligini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2·105), ikkinchi qatorda n ta butun son ai (−109 ≤ ai ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng uzun zanjir uzunligi.

Izoh

Namunalar izohi. 1-namunada 2, 3, 4, 5 raqamlari bor - zanjir uzunligi 4 (3 ikki marta yozilgan, lekin bir marta sanaladi; 99, 100 zanjiri esa qisqaroq). 3-namunada −1, 0, 1 - uzunlik 3.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.