Aniq hosil

Masala #520 · murakkablik 18% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.

Bog'bon n kun olma terdi: i-kuni ai kg (har kuni kamida 1 kg). Bozorga aynan S kg olma kerak va bog'bon uni ketma-ket kunlar hosilidan yig'moqchi: l-kundan r-kungacha (ikkala chegara ham kiradi) terilgan olma jami aynan S kg bo'lsin.

Shunday l va r ni toping; bunday davr bo'lmasa, -1 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va S, ikkinchi qatorda n ta son ai.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ ai ≤ 109, 1 ≤ S ≤ 1015.

Chiquvchi ma'lumotlar

Ikki son l va r (1 ≤ l ≤ r ≤ n) yoki -1.

Izoh

1-namuna izohi. 2-4 kunlar: 2 + 7 + 3 = 12. «3 5» (7 + 3 + 2 = 12) ham to'g'ri javob.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.