Ta'mirlash brigadalari
Masala #509 · murakkablik 34% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Ko'chada qator bo'lib n ta uy turibdi, i-uyni ta'mirlash ai soat oladi. k ta brigada bor. Har brigadaga ketma-ket turgan uylardan iborat bo'lak beriladi (ba'zi brigadalar ishsiz qolishi mumkin), har uy aynan bitta brigadaga tegadi. Brigadalar bir vaqtda ishlay boshlaydi; brigada o'z uylarini birin-ketin ta'mirlaydi.
Hamma uylar eng kamida necha soatda tayyor bo'ladi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va k, ikkinchi qatorda n ta son ai.
Cheklovlar: 1 ≤ k ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ ai ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kam soatlar.
Izoh
1-namuna izohi. 1-brigadaga 1-3 uylar (7 + 2 + 5 = 14 soat), 2-brigadaga 4-5 uylar (10 + 8 = 18 soat) - hammasi 18 soatda tayyor. Bundan yaxshi bo'linish yo'q: masalan, [7, 2, 5, 10] va [8] 24 soat oladi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.