Yaqin natijalar
Masala #531 · murakkablik 32% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Yengil atletika musobaqasida n ta sportchi yugurdi, natijalari o'sish tartibida yozilgan: a1 ≤ a2 ≤ … ≤ an. Ikki sportchi natijalari farqi D dan oshmasa, ular raqib hisoblanadi.
Nechta raqib juftligi bor? Juftlik - i < j va aj − ai ≤ D bo'lgan indekslar.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va D, ikkinchi qatorda o'sish tartibida (teng sonlar bo'lishi mumkin) n ta son ai.
Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 2·105, 0 ≤ D ≤ 109, 0 ≤ ai ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - raqib juftliklari soni.
Izoh
1-namuna izohi. D = 3. Raqib juftliklar (natijalar bo'yicha): 1 va 2, 1 va 4, 2 va 4, 4 va 7, 7 va 8 - jami 5. Masalan, 1 va 7 farqi 6 > 3.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.