Ikki aravacha

Masala #516 · murakkablik 22% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Omborda qatorda n ta quti turibdi, i-sining og'irligi ai kg. Ularni ikki aravachaga ortish kerak: chapdan birinchi k ta quti birinchi aravachaga, qolganlari ikkinchisiga (1 ≤ k ≤ n − 1, ikkala aravacha bo'sh qolmaydi). Ikki aravacha yuklari farqi (katta minus kichik) eng kamida qancha bo'lishi mumkin?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, ikkinchi qatorda n ta son ai.

Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ ai ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kichik farq.

Izoh

1-namuna izohi. k = 3: birinchi aravachada 3 + 1 + 4 = 8 kg, ikkinchisida 1 + 5 = 6 kg, farq 2. Boshqa k larda farq kattaroq.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.