Javondagi kitob

Masala #499 · murakkablik 18% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bu interaktiv masala: dasturingiz hakam bilan savol-javob qiladi.

Javonda n ta kitob turibdi. Ularning inventar raqamlari har xil va chapdan o'ngga qat'iy o'sib boradi: a1 < a2 < … < an. Raqamlarni ko'rmaysiz, lekin «i-o'rindagi kitob raqami nechchi?» deb so'rashingiz mumkin. Raqami x bo'lgan kitob nechanchi o'rinda turibdi (yoki u javonda yo'qmi)?

Muloqot. Avval interaktor bitta qatorda n va x ni yuboradi. Keyin dastur yozadi:

Ko'pi bilan 20 ta so'rov (javob qatori hisoblanmaydi). Har qatordan keyin endl yoki cout.flush() yozing, aks holda interaktor qatoringizni ko'rmaydi. Ortiqcha so'rov, chegaradan tashqaridagi i, noto'g'ri format yoki noto'g'ri p - «Noto'g'ri javob».

Muloqot namunasi (javon: 4 9 15 22 31 40, x = 31):

InteraktorDasturIzoh
6 31n = 6, x = 31
? 4
2222 < 31
? 6
4040 ≥ 31
? 5
31topildi
! 5to'g'ri

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va x (1 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ x ≤ 109). Keyin har so'rovga javoban bitta son ai (1 ≤ ai ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

So'rovlar ? i (ko'pi bilan 20 ta), oxirida bitta ! p.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.