Imtihon ballari
Masala #497 · murakkablik 16% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Imtihonda n ta talaba qatnashdi, natijalari ro'yxatda ixtiyoriy tartibda yozilgan. Dekanat q marta so'raydi: «kamida x ball olgan talabalar nechta?»
Har so'rovga javob bering.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q. Ikkinchi qatorda n ta son - ballar bi. Uchinchi qatorda q ta so'rov x.
Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 2·105, 0 ≤ bi, x ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har so'rov uchun alohida qatorda bitta son - talabalar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.