Lenta bo'laklari

Masala #505 · murakkablik 20% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bayram bezagi uchun n ta lenta bor, i-sining uzunligi ai santimetr. Ulardan bir xil butun uzunlikdagi k ta bo'lak qirqib olish kerak. Bo'laklarni bir-biriga ulab bo'lmaydi, ortib qolgan qismlar tashlanadi. Bo'lak uzunligi ko'pi bilan qancha bo'lishi mumkin?

1 santimetrlik bo'laklar ham k taga yetmasa, 0 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va k, ikkinchi qatorda n ta son ai.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ k ≤ 109, 1 ≤ ai ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng katta uzunlik yoki 0.

Izoh

1-namuna izohi. 5 sm dan: 9 → 1 ta, 15 → 3 ta, 4 → 0 ta, 11 → 2 ta - jami 6. 6 sm dan esa 1 + 2 + 0 + 1 = 4 ta, yetmaydi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.