Kitob boblari

Masala #532 · murakkablik 35% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kitobda n ta bob bor, i-bob ai betdan iborat. Ali q kun kitob o'qiydi. Har kuni u l-bobdan boshlab ketma-ket o'qiydi va x betga vaqti yetadi. Bobni faqat to'liq o'qib tugatsa hisobga oladi. Shu kuni nechta bob to'liq tugaydi? Kunlar bir-biriga bog'liq emas: har so'rov alohida savol.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q. Ikkinchi qatorda n ta son ai. Keyingi q qatorning har birida l va x.

Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 2·105, 1 ≤ ai ≤ 109, 1 ≤ l ≤ n, 1 ≤ x ≤ 1015.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda to'liq o'qilgan boblar sonini chiqaring.

Izoh

1-namuna izohi. 1-kun: 10 + 20 + 5 = 35 bet - 3 bob. 2-kun: 2-bob (20 bet) tugaydi, 3-bob bilan 25 > 24 - 1 bob. 3-kun: 4- va 5-boblar (45 bet), kitob tugadi - 2 bob.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.