Zararsiz davrlar

Masala #517 · murakkablik 32% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kichik korxonaning n kunlik natijasi yozilgan: i-kuni ai so'm (foyda musbat, zarar manfiy, nol ham bo'lishi mumkin). Ketma-ket kunlardan iborat davr (l-kundan r-kungacha, l ≤ r) jami natijasi aynan 0 bo'lsa, u zararsiz davr deyiladi. Nechta zararsiz davr bor?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, ikkinchi qatorda n ta son ai.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, |ai| ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - zararsiz davrlar soni.

Izoh

1-namuna izohi. Zararsiz davrlar: (1, 2), (3, 4), (1, 4), (5, 5), (3, 5), (1, 5) - jami 6. Masalan, (3, 5): 3 − 3 + 0 = 0.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.