Nusxa ko'chirish markazi
Masala #507 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Markazda n ta nusxa ko'chirish apparati bor. i-apparat bir varaqni ti soniyada chiqaradi; apparatlar bir vaqtda va bir-biridan mustaqil ishlaydi. Talabalarga jami m varaq kerak. Barcha varaqlar eng kamida necha soniyada tayyor bo'ladi?
Masalan, t = 3 bo'lgan apparat 8 soniyada 2 ta varaq chiqaradi (3 va 6 soniyalarda), uchinchisi esa 9 soniyada tayyor bo'ladi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m, ikkinchi qatorda n ta son t1, …, tn.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ m ≤ 109, 1 ≤ ti ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kam vaqt (soniyalarda).
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.