Forma o'lchamlari

Masala #501 · murakkablik 22% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Maktabda n ta o'quvchining bo'yi o'lchandi (santimetrda, ro'yxat tartibsiz). Forma tikuvchisi q marta so'raydi: «bo'yi l dan r gacha (ikkala chegara ham kiradi) bo'lgan o'quvchilar nechta?»

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q. Ikkinchi qatorda n ta son - bo'ylar hi. Keyingi q qatorning har birida ikki son l va r.

Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 2·105, 1 ≤ hi ≤ 109, 1 ≤ l ≤ r ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda o'quvchilar sonini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.