Qayiq sayri

Masala #524 · murakkablik 24% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ko'l bo'yiga n ta sayyoh keldi, i-sining vazni wi kg. Har qayiqqa ko'pi bilan ikki kishi o'tiradi va ularning jami vazni W kg dan oshmasligi kerak. Har bir sayyohning o'zi W dan og'ir emas. Hammani sayrga chiqarish uchun eng kamida nechta qayiq kerak?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va W, ikkinchi qatorda n ta son wi.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ wi ≤ W ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - qayiqlar soni.

Izoh

1-namuna izohi. 60 va 40 kg li sayyohlar bitta qayiqda (100 kg), 70 va 30 kg lilar ikkinchisida (100 kg) - 2 ta qayiq.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.