Reyting jadvali

Masala #502 · murakkablik 24% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Shaxmat turnirida n ta o'yinchi ochko to'pladi; ochkolar o'yinchilar ro'yxatdan o'tgan tartibda berilgan. O'yinchining o'rni - undan ko'proq ochko to'plaganlar soni plyus bir. Ochkosi teng o'yinchilar bir xil o'rinni egallaydi.

Har o'yinchining o'rnini ro'yxatdagi tartibda chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n. Ikkinchi qatorda n ta son - ochkolar pi.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 0 ≤ pi ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n ta son - o'rinlar, bo'sh joy bilan ajratilgan.

Izoh

1-namuna izohi. 100 ochkoli o'yinchidan ko'p to'plagan yo'q - 1-o'rin; 90 dan ko'p - bitta (100), 2-o'rin; 70 lardan ko'p - ikkita (100, 90), ikkalasi ham 3-o'rin; 50 dan ko'p - to'rtta, 5-o'rin.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.