Kutubxona nusxalari
Masala #498 · murakkablik 18% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Kutubxonada n ta kitob bor, har birining katalog kodi bor; bir kitobning bir nechta nusxasi bo'lsa, ularning kodi bir xil. Kodlar ro'yxatda ixtiyoriy tartibda yozilgan. Kutubxonachi q marta so'raydi: «kodi x bo'lgan kitobdan nechta nusxa bor?»
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q. Ikkinchi qatorda n ta kod ci. Uchinchi qatorda q ta so'rov x.
Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 2·105, 1 ≤ ci, x ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har so'rov uchun alohida qatorda nusxalar soni (kitob bo'lmasa 0).
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.