Nonvoyxona tandirlari

Masala #508 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.

Nonvoyxonada n ta tandir bor. i-tandir bitta nonni ti daqiqada yopadi, nonlarni birin-ketin; tandirlar bir vaqtda, bir-biridan mustaqil ishlaydi. Masalan, t = 3 bo'lgan tandir 7 daqiqada 2 ta non yopadi. To'yga jami aynan m ta non kerak.

Hamma nonlar tayyor bo'ladigan eng kam vaqt T ni toping va har tandir nechta non yopishini ko'rsating: i-tandir ci ta non yopadi, ci·ti ≤ T va c1 + … + cn = m.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m, ikkinchi qatorda n ta son ti.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ m ≤ 109, 1 ≤ ti ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda eng kam vaqt T. Ikkinchi qatorda n ta butun son c1, …, cn (ci ≥ 0) - tandirlar kirish tartibida.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.