O'ylangan son
Masala #506 · murakkablik 25% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bu interaktiv masala: dasturingiz hakam bilan savol-javob qiladi.
O'qituvchi 1 dan n gacha bo'lgan butun x sonini o'yladi. Siz ? y (1 ≤ y ≤ n) deb so'raysiz, o'qituvchi javob beradi:
ha- agar x ≤ y;yo'q- agar x > y.
Ko'pi bilan 30 ta savol bilan x ni toping va ! x qatorini chiqaring - shundan keyin dastur tugaydi (javob qatori savol hisoblanmaydi). Har qatordan keyin endl yoki cout.flush() yozing, aks holda o'qituvchi savolingizni ko'rmaydi.
Muloqot namunasi (n = 10, x = 7):
| O'qituvchi | Dastur | Izoh |
|---|---|---|
10 | n = 10 | |
? 5 | ||
yo'q | 7 > 5 | |
? 8 | ||
ha | 7 ≤ 8 | |
? 7 | ||
ha | 7 ≤ 7 | |
? 6 | ||
yo'q | 7 > 6 | |
! 7 | to'g'ri, 4 ta savol |
Kiruvchi ma'lumotlar
Boshida bitta qatorda n (1 ≤ n ≤ 109). Keyin har savolingizga javoban bitta so'z: ha yoki yo'q.
Chiquvchi ma'lumotlar
Savollar ? y ko'rinishida, oxirida bitta ! x. 30 tadan ko'p savol, chegaradan tashqaridagi y yoki noto'g'ri x - noto'g'ri javob.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.