Yomg'irli kunlar
Masala #515 · murakkablik 18% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Meteostansiya n kun ob-havoni yozib bordi: Y - yomg'irli kun, Q - quyoshli kun. Fermer q marta so'raydi: «l-kundan r-kungacha (ikkalasi ham kiradi) nechta yomg'irli kun bo'lgan?»
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q. Ikkinchi qatorda n ta harfdan iborat satr (faqat Y va Q). Keyingi q qatorning har birida l va r.
Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 2·105, 1 ≤ l ≤ r ≤ n.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har so'rov uchun alohida qatorda yomg'irli kunlar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.