Ulkan chizg'ich

Masala #552 · murakkablik 22% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Usta chizg'ichga belgilar chizadi. k-darajali chizg'ichda o'rtaga uzunligi k bo'lgan belgi qo'yiladi, uning chap va o'ng tomonidagi qismlarning har biri esa (k − 1)-darajali chizg'ich kabi belgilanadi; 0-darajali chizg'ichda belgi yo'q. Masalan, 3-darajali chizg'ich belgilari chapdan o'ngga: 1 2 1 3 1 2 1.

n-darajali chizg'ichda 2n − 1 ta belgi bor - n katta bo'lganda ularni hammasini yozib chiqib bo'lmaydi. q ta savolga javob bering: chapdan p-belgining uzunligi qancha?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q (1 ≤ n ≤ 60, 1 ≤ q ≤ 104). Keyingi q qatorning har birida bitta p (1 ≤ p ≤ 2n − 1).

Chiquvchi ma'lumotlar

q qatorda - har savolga javob.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.