Chiroqlar qatori

Masala #544 · murakkablik 12% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.

Ko'chada bir qatorda n ta chiroq turibdi. Tejash uchun ulardan aynan k tasini yoqish kerak, lekin yonma-yon turgan ikki chiroq birga yonmasligi lozim (simlar qizib ketadi).

Qaysi chiroqlarni yoqishni ko'rsating. Tanlab bo'lmasa, -1 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son n va k (1 ≤ n ≤ 104, 0 ≤ k ≤ n).

Chiquvchi ma'lumotlar

Tanlov bo'lsa - bitta qatorda uzunligi n bo'lgan, 0 va 1 dan iborat satr (probelsiz): i-belgi 1 - i-chiroq yonadi, 0 - o'chiq. Unda aynan k ta 1 bo'lsin va ikki 1 yonma-yon kelmasin. Tanlov bo'lmasa - bitta son -1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.