Plyus yoki minus

Masala #566 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Doskaga n ta musbat son yozilgan. O'quvchi har bir sonning oldiga «+» yoki «−» ishorasini qo'yadi (birinchi sonning oldiga ham) va hosil bo'lgan ifodani hisoblaydi.

Ifodaning qiymati aynan T bo'ladigan ishoralar qo'yish usullari nechta?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va T (1 ≤ n ≤ 20, |T| ≤ 20 000), ikkinchi qatorda n ta son a1, …, an (1 ≤ ai ≤ 1000).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda usullar sonini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.