Sehrli mashina

Masala #537 · murakkablik 12% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Sehrli mashinaga musbat butun son kiritiladi. Son juft bo'lsa, mashina uni ikkiga bo'ladi; toq bo'lsa, 3 ga ko'paytirib 1 qo'shadi. Natija yana mashinaga kiradi. Son 1 ga teng bo'lganda mashina to'xtaydi. Masalan, 6 dan boshlasak: 6 → 3 → 10 → 5 → 16 → 8 → 4 → 2 → 1.

Mashina jurnali paydo bo'lgan sonlarni oxiridan boshiga qarab yozadi: 1 dan boshlab kiritilgan n gacha. Jurnalni chiqaring. Kafolatlanadi: shartdagi n uchun mashina albatta to'xtaydi, lekin oraliqda sonlar n dan ancha katta bo'lishi mumkin.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta son n (1 ≤ n ≤ 106).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda jurnaldagi sonlar, probel bilan.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.