Dasturxon atrofida
Masala #563 · murakkablik 35% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
To'yda n ta mehmon uzun stol bir tomonidagi n ta stulga bir qatorda o'tiradi. Mehmonlar 1 dan n gacha raqamlangan. Ba'zi mehmonlar o'zaro arazlashgan: ular yonma-yon (qo'shni stullarda) o'tirmasligi kerak.
Mehmonlarni necha xil tartibda o'tqazish mumkin? Ikki tartib kamida bitta stulda boshqa mehmon o'tirsa, har xil hisoblanadi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n ≤ 9, 0 ≤ m ≤ n(n − 1)/2) - mehmonlar va arazlashgan juftliklar soni. Keyingi m qatorning har birida ikki son u va v (u ≠ v) - arazlashgan juftlik. Juftliklar takrorlanmaydi.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda tartiblar sonini chiqaring.
Izoh
1-namuna izohi. 3 mehmonning 6 xil tartibidan faqat ikkitasida 1 va 2 yonma-yon emas: 1 3 2 va 2 3 1.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.