Kartochkalarni saralash vaqti

Masala #549 · murakkablik 12% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kutubxonachi n ta kartochkani quyidagicha saralaydi. Dastada bitta kartochka bo'lsa, u allaqachon tartibda. Aks holda dastani ikkiga bo'ladi - ⌊n/2⌋ va ⌈n/2⌉ ta kartochkali, har birini xuddi shu usulda saralaydi, so'ng ikki tartiblangan dastani bitta dastaga birlashtiradi. Birlashtirishda hosil bo'lgan dastadagi har bir kartochka uchun 1 soniya ketadi (masalan, 3 va 2 kartochkali dastalarni birlashtirish 5 soniya). Bo'lishga vaqt ketmaydi.

n ta kartochkani saralash jami necha soniya oladi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta son n (1 ≤ n ≤ 106).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - jami soniyalar.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.