Oynadagi son

Masala #542 · murakkablik 10% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ko'zgu oldida turgan taxtachaga son yozilgan. Ko'zguda uning raqamlari teskari tartibda ko'rinadi, boshiga tushib qolgan nollar esa o'qilmaydi: 1200 ko'zguda 21 bo'lib ko'rinadi, 12345 esa 54321.

Ko'zguda qanday son ko'rinishini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta son n (0 ≤ n ≤ 1018), ortiqcha boshlang'ich nollarsiz.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - raqamlari teskari tartibda yozilgan n, boshlang'ich nollarsiz (n = 0 bo'lsa - 0).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.