Kodli qulf

Masala #557 · murakkablik 12% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Seyf kodi - uzunligi n bo'lgan, faqat 0 va 1 raqamlaridan iborat qator. Qulf mexanizmi ikkita 1 yonma-yon kelishini ko'tarmaydi: masalan, 101 - mumkin, 110 - mumkin emas.

Barcha mumkin kodlarni o'sish tartibida chiqaring (kodlar bir xil uzunlikda, shuning uchun bu lug'at tartibi bilan bir xil).

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta son n (1 ≤ n ≤ 16).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har qatorda bitta kod.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.