Savatdagi mevalar

Masala #558 · murakkablik 18% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bozorda n ta qovun bor, i-qovunning og'irligi wi gramm. Xaridor bir yoki bir nechta qovun olmoqchi, lekin savati og'irligi L dan R grammgacha (ikkala chegara ham kiradi) bo'lgan yukni ko'taradi.

Qovunlarning necha xil to'plamini tanlash mumkin? Bo'sh to'plam hisoblanmaydi; og'irliklari teng, lekin raqami har xil qovunlar har xil hisoblanadi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, L, R (1 ≤ n ≤ 20, 1 ≤ L ≤ R ≤ 2·107). Ikkinchi qatorda n ta son wi (1 ≤ wi ≤ 106).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - to'plamlar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.