Jamoa tanlash

Masala #556 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Sinfda 1 dan n gacha raqamlangan n ta o'quvchi bor. Murabbiy olimpiadaga aynan k kishilik jamoa yubormoqchi va barcha mumkin bo'lgan jamoalar ro'yxatini ko'rmoqchi. Jamoada tartib muhim emas: {1, 2} va {2, 1} - bitta jamoa.

Har jamoani o'quvchilar raqamlarining o'sish tartibida yozing, jamoalarning o'zini esa lug'at tartibida chiqaring: ikki jamoadan chapdan birinchi farq qilgan o'rinda kichik raqami borligi oldin keladi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n va k (1 ≤ k ≤ n ≤ 10).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har qatorda bitta jamoa: k ta raqam, probel bilan.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.