Bog'dagi yo'llar

Masala #547 · murakkablik 20% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bog' r × c kataklarga bo'lingan. Ba'zi kataklarda ariq bor - ularga kirib bo'lmaydi. Bog'bon yuqori-chap katakdan pastki-o'ng katakka bormoqchi va har qadamda faqat bitta katak o'ngga yoki bitta katak pastga yuradi.

Bog'bon necha xil yo'l bilan yetib borishi mumkin? Ikki yo'l kamida bitta qadam bilan farq qilsa, har xil hisoblanadi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda r va c (1 ≤ r, c ≤ 8). Keyingi r qatorda uzunligi c bo'lgan satr: «.» - o'tish mumkin, «#» - ariq. Yuqori-chap va pastki-o'ng kataklar «.».

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - yo'llar soni (yetib bo'lmasa 0).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.