To'y mehmonlari
Masala #588 · murakkablik 6% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
To'yxona eshigida navbatchi kirgan har bir mehmonning ismini daftarga yozib boradi. Ba'zi mehmonlar tashqariga chiqib, yana kirishi mumkin - ularning ismi yana yoziladi.
Har yozuv uchun aniqlang: bu ism daftarda birinchi marta uchrayaptimi? Birinchi marta bo'lsa YANGI, ilgari ham yozilgan bo'lsa QAYTA chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105), ikkinchi qatorda n ta ism - har biri kichik lotin harflaridan iborat, uzunligi 1 dan 10 gacha.
Chiquvchi ma'lumotlar
n ta qator: YANGI yoki QAYTA.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.