Sensor ko'rsatkichlari

Masala #581 · murakkablik 10% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bu interaktiv masala: dasturingiz hakam bilan savol-javob qiladi.

Issiqxonadagi sensor ketma-ket n ta son - yorug'lik ko'rsatkichlarini yuboradi. Boshqaruv dasturi har yangi ko'rsatkich kelishi bilan oxirgi k ta ko'rsatkich yig'indisini darhol aytishi kerak (hali k ta kelmagan bo'lsa - kelganlarining hammasi yig'indisini). Keyingi ko'rsatkich faqat dastur javob bergandan keyin keladi, shuning uchun hamma sonlarni oldindan o'qib olib bo'lmaydi.

Muloqot. Avval interaktor bitta qatorda n va k ni yuboradi. Keyin n marta: interaktor bitta qatorda navbatdagi ko'rsatkich ai ni yuboradi, dastur bitta qatorda yig'indini chiqaradi. n-javobdan keyin dastur tugaydi. Har chiqargan qatordan keyin chiqishni tozalang (cout << endl yoki cout.flush()), aks holda interaktor qatorni ko'rmaydi va dastur kutib qoladi («Vaqt chegarasidan oshdi»).

Muloqot namunasi (n = 5, k = 3):

InteraktorDasturIzoh
5 3
444
154 + 1
5104 + 1 + 5
281 + 5 + 2
6135 + 2 + 6

Noto'g'ri yig'indi yoki noto'g'ri formatdagi qator - «Noto'g'ri javob».

Kiruvchi ma'lumotlar

Boshida bitta qatorda n va k (1 ≤ k ≤ n ≤ 104). Keyin har javobingizdan oldin bitta qatorda bitta son ai (0 ≤ ai ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

n ta qator, har birida bitta butun son - yig'indi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.