Eng issiq soatlar

Masala #587 · murakkablik 38% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Meteostansiya har soatda haroratni o'lchaydi: n ta o'lchov a1, …, an. Sinoptik har bir ketma-ket k soatlik davr uchun shu davrdagi eng yuqori haroratni bilmoqchi: 1-dan k-gacha soatlar, 2-dan (k + 1)-gacha, …, (n − k + 1)-dan n-gacha.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va k (1 ≤ k ≤ n ≤ 105), ikkinchi qatorda n ta butun son (|ai| ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n − k + 1 ta son - har davrning eng yuqori harorati.

Izoh

1-namuna izohi. k = 3, davrlar: (4 2 12), (2 12 3), (12 3 8), (3 8 1), (8 1 5). Ularning eng yuqori haroratlari: 12 12 12 8 8.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.