Qo'ng'iroqlar markazi
Masala #582 · murakkablik 13% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Qo'ng'iroqlar markazi har kirgan qo'ng'iroqning vaqtini millisekundlarda yozib boradi. Navbatchi yuklamani kuzatadi: har qo'ng'iroq kelgan t paytda u oxirgi w millisekundda, ya'ni [t − w, t] oraliqda (ikkala chegara ham kiradi) nechta qo'ng'iroq bo'lganini biladi. Shu qo'ng'iroqning o'zi ham sanaladi.
Har qo'ng'iroq uchun shu sonni chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va w (1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ w ≤ 109), ikkinchi qatorda n ta vaqt t1 < t2 < … < tn (1 ≤ ti ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n ta son, probel bilan.
Izoh
1-namuna izohi. w = 3000. 3001-ms dagi qo'ng'iroq uchun oraliq [1, 3001]: unda 1, 100, 3001 - 3 ta (chegaradagi 1 ham sanaladi). 3002 uchun [2, 3002]: endi 100, 3001, 3002. 7000 uchun [4000, 7000] da faqat o'zi - 1.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.