Shoshilinch qabul
Masala #597 · murakkablik 12% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bu interaktiv masala: dasturingiz hakam bilan savol-javob qiladi.
Shifoxonaning qabul bo'limiga bemorlar kelib turadi; kelish tartibida ular 1, 2, 3, … raqam oladi. Har bemorga hamshira shoshilinchlik darajasi x ni belgilaydi. Shifokor bo'shaganda kutayotganlar ichidan darajasi eng katta bemorni qabul qiladi; bunday bemorlar bir nechta bo'lsa - raqami eng kichigini. Qabul qilingan bemor navbatdan chiqadi. Dasturingiz shifokorga kimni chaqirishni aytadi.
Muloqot. Avval interaktor bitta qatorda hodisalar soni q ni yuboradi. Keyin hodisalarni bittadan, har birini alohida qatorda yuboradi:
+ x- yangi bemor keldi, darajasi x; bunga javob berilmaydi;?- shifokor bo'shadi: bitta qatorda chaqiriladigan bemor raqamini chiqaring.
? dan keyingi hodisa faqat javobingizdan keyin keladi - hamma hodisalarni oldindan o'qib bo'lmaydi. q-hodisadan keyin dastur tugaydi. Har chiqargan qatordan keyin chiqishni tozalang (cout << endl yoki cout.flush()), aks holda interaktor qatorni ko'rmaydi va dastur kutib qoladi («Vaqt chegarasidan oshdi»).
Muloqot namunasi (q = 6):
| Interaktor | Dastur | Izoh |
|---|---|---|
6 | ||
+ 5 | 1-bemor | |
+ 9 | 2-bemor | |
? | 2 | 9 > 5 |
+ 9 | 3-bemor | |
? | 3 | kutayotganlar: 1 (5), 3 (9) |
? | 1 |
? hodisasida kutayotgan bemor albatta bor.
Kiruvchi ma'lumotlar
Boshida bitta qatorda q (1 ≤ q ≤ 104). Keyin q ta hodisa: + x (1 ≤ x ≤ 109) yoki ?. Kamida bitta ? bor.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har ? ga bitta qator - bemor raqami.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.