Kartalarni terish
Masala #585 · murakkablik 22% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.
Stol ustida n ta karta dasta bo'lib turibdi, ularda a1, …, an sonlari yozilgan va ular shu tartibda olinadi. Bola kartalarni birma-bir olib, stolga bir qatorga teradi: birinchi kartani shunchaki qo'yadi, keyingi har kartani esa qatorning yoki chap chetiga, yoki o'ng chetiga qo'yadi (o'rtaga qo'yib bo'lmaydi).
Oxirida qatordagi sonlar chapdan o'ngga kamaymaydigan tartibda bo'lishi kerak. Har karta qaysi chetga qo'yilishini aniqlang. Bir nechta usul bo'lsa, istalganini chiqaring; buning iloji bo'lmasa, -1 chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2·105), ikkinchi qatorda n ta son (1 ≤ ai ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
Javob bo'lmasa - -1. Aks holda bitta qatorda n ta harfdan iborat satr (bo'sh joysiz): i-harf L - i-karta chap chetga, R - o'ng chetga qo'yiladi. Birinchi karta uchun L ham, R ham to'g'ri.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.