Uch savolda topish

Masala #646 · murakkablik 24% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bu interaktiv masala: dasturingiz hakam bilan savol-javob qiladi.

Hakam 1 dan 100 gacha bo'lgan yashirin butun x sonini o'yladi. Uni toping. Siz hakamga son a berasiz - u EKUB(x, a) ni, ya'ni x ni ham, a ni ham qoldiqsiz bo'ladigan eng katta sonni aytadi.

Muloqot (boshlang'ich kirish yo'q, darhol so'rov bering):

So'rovlar soni 3 tadan oshmasin (javob qatori hisoblanmaydi). x oldindan tanlangan va o'zgarmaydi. Har qatordan keyin chiqishni tozalang (endl yoki cout.flush()). Ortiqcha so'rov, chegaradan tashqaridagi a yoki noto'g'ri format - «Noto'g'ri javob».

Namuna muloqot (x = 12):

DasturHakamIzoh
? 844 x ni bo'ladi, 8 bo'lmaydi
? 933 bo'ladi, 9 bo'lmaydi: x ∈ {12, 60, 84}
? 3515 ham, 7 ham bo'lmaydi
! 12

Kiruvchi ma'lumotlar

Boshlang'ich kirish yo'q. Yashirin son 1 ≤ x ≤ 100. Har so'rovga javoban bitta qatorda butun son - EKUB(x, a).

Chiquvchi ma'lumotlar

So'rovlar ? a ko'rinishida (ko'pi bilan 3 ta), oxirida bitta ! x qatori.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.