Omadli sonlar
Masala #618 · murakkablik 16% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Son omadli deyiladi, agar u o'z raqamlari yig'indisiga qoldiqsiz bo'linsa. Masalan, 12 omadli: 1 + 2 = 3 va 12 soni 3 ga bo'linadi. 13 omadli emas: 1 + 3 = 4, 13 esa 4 ga bo'linmaydi.
l dan r gacha (ikkalasi ham kiradi) nechta omadli son bor?
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikki son: l va r (1 ≤ l ≤ r ≤ 106).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - omadli sonlar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.