Aylanma navbatchilik
Masala #613 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Sinfda n nafar o'quvchi bor, ular 1 dan n gacha raqamlangan. Navbatchilik aylana bo'yicha almashadi: bugun s-o'quvchi navbatchi, ertaga s + 1, va hokazo. n-o'quvchidan keyin navbat yana 1-o'quvchiga qaytadi.
Bugundan d kun o'tgach kim navbatchi bo'ladi? Agar d manfiy bo'lsa, bu |d| kun oldin degani (o'sha kuni ham navbat shu tartibda aylangan).
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda uchta son: n, s va d (1 ≤ n ≤ 109, 1 ≤ s ≤ n, |d| ≤ 1018).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - kerakli o'quvchining raqami (1 dan n gacha).
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.