Kvadrat plitkalar
Masala #631 · murakkablik 16% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Uzunligi a, eni b santimetr bo'lgan to'g'ri to'rtburchak pol bor. Uni bir xil kvadrat plitkalar bilan, kesmasdan va bo'sh joy qoldirmasdan qoplash kerak. Plitkaning tomoni butun santimetr. Plitkalar iloji boricha katta bo'lishi kerak.
Plitkaning eng katta tomonini va shunda kerak bo'ladigan plitkalar sonini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikki son: a va b (1 ≤ a, b ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikki son: plitka tomoni va plitkalar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.