Reys kunlari
Masala #647 · murakkablik 26% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Kunlar butun sonlar bilan raqamlangan: 0 - bugun, musbat sonlar - kelajak, manfiy sonlar - o'tmish. Avtobus har k kunda bir marta qatnaydi: u x-kuni yo'lga chiqadi, agar x ni k ga bo'lgandagi matematik qoldiq c ga teng bo'lsa (qoldiq 0 dan k − 1 gacha, manfiy x uchun ham).
l-kundan r-kungacha (ikkalasi ham kiradi) avtobus necha marta chiqadi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda to'rt son: l, r, k, c (-1018 ≤ l ≤ r ≤ 1018, 1 ≤ k ≤ 1018, 0 ≤ c < k).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - reyslar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.